Tushum va cheklar
Tushum, cheklar soni, o'rtacha chek, mehmonlar va chegirmalar — o'tgan davr bilan taqqoslab.
iikoDash iiko tizimingizga ulanadi va tushum, cheklar, top taomlar, sklad qoldig'i hamda oshxonalar sarfini telefoningizda ko'rsatadi. Kompyuter, iikoOffice va qo'ng'iroqlarsiz.
har 15 daqiqada yangi ma'lumot
gacha tarix avtomatik yuklanadi
o'zbek, rus va ingliz tillarida
bepul sinov — to'liq paketda
Eng sodda tarifda ham deyarli barcha hisobotlar ochiq. Hammasi iiko'dagi haqiqiy ma'lumotlardan.
Tushum, cheklar soni, o'rtacha chek, mehmonlar va chegirmalar — o'tgan davr bilan taqqoslab.
Eng ko'p sotilgan va eng ko'p pul keltirgan taomlar, soni va ulushi bilan.
Eng band soatlar va kunlik dinamika — xodimlar smenasini to'g'ri rejalashtiring.
Barcha filiallar bitta ekranda: tushum, cheklar va o'sish foizi.
Har bir mahsulotdan qancha qoldi, qiymati, minusdagilar va tez tugayotganlar.
Nakladnoylar, hisobdan chiqarish, ko'chirishlar va ishlab chiqarish — turlari bo'yicha.
Kecha qaysi oshxonada qancha qo'y go'shti ishlatildi — milliy, yevropa, shashlik…
Qoldiq dinamikasi, o'rtacha sarf va mahsulot necha kunga yetishi.
Kim qancha sotdi, nechta chek yopdi va o'rtacha cheki qancha.
Naqd, karta, Click, Payme, Uzum — har birining ulushi.
Har kuni soat 09:00 da kechagi tushum va minusdagi mahsulotlar haqida bildirishnoma.
Menejerlarni qo'shing — har biri faqat o'z filialini ko'radi.
Restoran egalari uchun yaratilgan: ortiqcha narsa yo'q, kerakli raqam bir qarashda.
Bugun, kecha, hafta yoki oy — tushum, cheklar, o'rtacha chek va mehmonlar. O'tgan davr yoki o'tgan yil bilan solishtirish bir bosishda.
Taomlar, kategoriyalar, ofitsiantlar, to'lovlar, soatlar va kunlar — har biri alohida, batafsil.
Skladdagi tovarlar qiymati, minusdagi va tugayotgan mahsulotlar. Kirim-chiqim va sarf alohida tablarda.
Go'sht va boshqa mahsulotlar qaysi oshxonaga qancha kirdi va qancha ishlatildi — filiallar bo'yicha.
Bitta mahsulot bo'yicha hammasi: hozirgi qoldiq, necha kunga yetadi, taxminiy tugash sanasi va kunma-kun harakat.
Har bir filialning tushumi, cheklari va umumiy tushumdagi ulushi — o'sish foizi bilan.
Telefon raqam va parol bilan. Biz ham yordam berish uchun bog'lanamiz.
iiko server manzili, login va parolni bir marta kiriting. Ular shifrlangan holda saqlanadi.
Kechagi tushum darhol chiqadi, qolgan tarix fonda yuklanadi. Keyin hammasi avtomatik.
Har qanday tarifda 7 kunlik bepul sinov — to'liq paketda. Keyin tarifni tanlaysiz.
Yuqori tarifga istalgan payt o'tasiz — faqat farqini to'laysiz. To'lov Click yoki bank o'tkazmasi orqali.
iikoDash iiko'dagi hech narsani o'zgartirmaydi — faqat hisobotlarni o'qiydi.
iiko login va paroli shifrlangan holda saqlanadi.
Har bir mijozning ma'lumotlari boshqalardan to'liq ajratilgan.
Menejer faqat o'ziga biriktirilgan filiallarni ko'radi.
Ulashga yordam beramiz, savollaringizga javob beramiz va sizga mos tarifni tanlaymiz.
Telegram'da yozishiiko (iikoOffice) serveri va iikoChain bilan. Sizga iiko server manzili (masalan, restoran.iiko.it) hamda hisobotlarni ko'rish huquqi bor login va parol kerak bo'ladi.
Yo'q. Telefonga ilovani o'rnatasiz va iiko'ni ulaysiz — hammasi shu. Ma'lumotlar bizning serverda avtomatik yangilanib turadi.
Savdo va kirim-chiqim har 15 daqiqada, sklad qoldig'i taxminan har soatda yangilanadi. Ulanganingizda kechagi tushum darhol chiqadi, 13 oygacha tarix fonda yuklanadi.
iiko'ni ulaganingizdan so'ng 7 kun davomida barcha imkoniyatlar to'liq ochiq bo'ladi. Karta ma'lumotlari so'ralmaydi. Sinov tugagach, mos tarifni tanlab to'laysiz.
Ha. Yuqori tarifga istalgan payt o'tasiz va joriy davrning qolgan kunlari uchun faqat narxlar farqini to'laysiz.
Albatta. Barcha filiallar bitta hisobda ko'rinadi, ularni solishtirish mumkin. Har bir menejerga faqat uning filialini ochib berasiz.
Android'da ishlaydi, iPhone versiyasi tayyorlanmoqda. Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida.
Ulashga yordam beramiz, savollaringizga javob beramiz va sizga mos tarifni tanlaymiz.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz. Shoshilinch savol bo'lsa, Telegram'da yozing.
Telegram'da yozish